Madaniyat vazirligi vazirlik rahbari Ozodbek Nazarbekov ishtirokidagi videoga munosabat bildirib, bu reklama roligi emasligini ma’lum qildi.
17-aprel kuni Ozodbek Nazarbekov universitet filiali talabalari va Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvdan so‘ng ushbu xususiy universitetning bir guruh talabalari iltimosiga binoan vazir ta’lim muassasasining shart-sharoitlari va imkoniyatlari bilan tanishdi.
“Natijada vazir Ozodbek Nazarbekov yoshlarga ushbu imkoniyatlardan foydalanib, ta’lim olishlarini tavsiya qilgan videorolik suratga olindi”, — deyiladi xabarda.
Vazirning so‘zlari “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga taalluqli emasligi, videorolik nodavlat oliy ta’lim muassasasining ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirilganini ma’lum qildi. Shuningdek, universitet va Ozodbek Nazarbekov o‘rtasida reklama faoliyati bilan bog‘liq hech qanday shartnoma tuzilmagan.
“Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning so‘zlari ilm-fan bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan va foyda olishga yo‘naltirilmagan ijtimoiy foydali ma’lumotdir”, — deya qo‘shimcha qildi vazirlik.