So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda real ish haqining o‘sishi qo‘shni Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan past bo‘ldi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida aytiladi.
2025-yilning yanvar-mart oylarida Markaziy Osiyo mamlakatlarida real ish haqining o‘rtacha o‘sishi 9,8 foizni, Kavkazortidagi ayrim mamlakatlarda esa 9,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich atigi 7,2 foizni tashkil etdi.
“Taqqoslanayotgan mamlakatlardan ushbu qoloqlik yaqin kelajakda saqlanib qolsa, bu O‘zbekiston mehnat bozori ishtirokchilarining xarid qobiliyatining pasayishiga va ichki tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabning zaiflashishiga olib keladi”, — deyiladi hisobotda.
O‘zbekistonda 2025-yilning birinchi choragida eng kam ish haqi 91 dollarni tashkil etdi. Taqqoslash uchun:
- Belarus — 243 dollar;
- Ozarbayjon — 235 dollar;
- Mo‘g‘uliston — 222 dollar.
Shu tariqa, O‘zbekiston eng kam ish haqi ko‘rsatkichlari eng past bo‘lgan davlatlar qatoridan joy oldi.
O‘zbekistonda eng kam yillik ish haqi aholi jon boshiga YIM ulushiga nisbatan hisoblaganda 35 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich ham mintaqadagi boshqa davlatlar bilan taqqoslaganda eng past ko‘rsatkichlardan biridir.
Taqqoslash uchun:
- Qozog‘iston — 14%;
- Qirg‘iziston — 14%;
- Gruziya — 12%.
Mintaqaning boshqa mamlakatlarida ko‘rsatkichlar bir-biriga yaqin va nisbatan yuqori.