22-avgust va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.
Havo harorati 35-37o issiq atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 40o gacha bo‘ladi. Respublika bo‘yicha nisbatan nam va kam issiq havo kirib kelishi kutilmoqda.
Mamlakatning aksariyat hududlarida quruq ob-havo saqlanib qoladi, faqatgina tog‘ oldi va tog‘li tumanlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatiladi. Havo harorati 2-3o ga pasayadi. Shamol tezligi 7-12 m/s bo‘lib, ayrim hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang ko‘tarilishi mumkin.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Sharqiy shamol g‘arbiy yo‘nalishga o‘tib, 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bugun kunduzi harorat 35-37°, yakshanba kuni 32-35° bo‘ladi. Tunda asosan 20-22° harorat kuzatiladi.