O‘zbekistonda 2025-yilgi “Ochiq byudjet”ning ikkinchi mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ovoz berish 31-avgust kuni soat 23:59 ga qadar davom etishini ma’lum qildi.
Fuqarolar loyihalarga uch xil usulda ovoz berishi mumkin:
- Open budget rasmiy sayti orqali;
- portalning mobil ilovasi orqali;
- rasmiy Telegram-bot orqali.