Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 22-avgust kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Davlatimiz rahbari “Avaza” milliy turizm zonasida bo‘lib o‘tadigan “Ozarbayjon — Turkmaniston — O‘zbekiston” formatidagi sammit tadbirlarida ishtirok etadi.

O‘zbekiston yetakchisi sammit doirasida ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.