Toshkent viloyatida erkak itni qasddan bosib ketdi, hodisa kuzatuv kameralariga tushib qoldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa Yangiyo‘lda sodir bo‘lgan. Matiz haydovchisi itni ataylab bosib ketgan. Jabrlangan hayvonni voqea guvohlari olib ketishdi. Rasmiy organlar jabrlangan itning ahvolini oshkor qilmadi, biroq ijtimoiy tarmoqlarda u olgan jarohatlaridan vafot etgani haqida yozishdi.
Haydovchi O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 111-moddasi (“Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish”) bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Ushbu moddaning sanksiyalariga muvofiq qoidabuzarga EKIHning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solinishi nazarda tutilgan.