22-avgust kuni Toshkentning Uchtepa tumanida gaz qisman o‘chirildi. Bu haqda Hududgaz Poytaxt axborot xizmati xabar bermoqda.
Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda. Shu munosabat bilan soat 18:00 gacha quyidagilar gazsiz qoldirildi:
- “Foziltepa”, “Katta Cho‘ponota”, “Ko‘ksaroy”, “O‘rikzor” va “Zarafshon” mahallalarida 1 ming 840 ta xususiy uy, 196 ta ko‘p qavatli uy va 297 ta ulgurji iste’molchi bor.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.