22-avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida elektr ta’minoti uzildi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

PS MJK-2 liniyasida texnik nosozlik tufayli elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Hozirda shahar avariya brigadalari nosozlikni bartaraf etish ustida ish olib bormoqda.

Quyidagi joylarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:

  • Farg‘ona yo‘li ko‘chasi;
  • Muxtor Ashrafiy ko‘chasi;
  • Mahzuna ko‘chasi;
  • Jarqo‘rg‘on ko‘chasi;
  • Yangilik ko‘chasi;
    Oydinko‘l ko‘chasi;
  • Ko‘hna Yangiobod ko‘chasi;
  • Husnobod ko‘chasi;
  • Shohimardon ko‘chasi;
  • Zanjirsoy ko‘chasi;
  • Chilonzor ko‘chasi;
  • Musaffo ko‘chasi;
  • Qirg‘izboy ota ko‘chasi;
  • Assalom sohil dahasi.

Nosozlik bartaraf etilgandan so‘ng elektr ta’minoti to‘liq tiklanadi. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.