23-avgust kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi. Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Havo harorati kunduzi 30-40 daraja, janubda 40 darajagacha, sharqda 35 darajagacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 34-36° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 23-28°, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, shamol kuchayishi mumkin.