O‘zbekiston va Turkmaniston to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklashga kelishib oldi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev, Gurbanguli Berdimuhamedov va Ilhom Aliyevning Turkmanistondagi uchrashuvi chog‘ida qator hujjatlar, jumladan, Ilhom Mahkamov va “Turkmenxovayollar” davlat xizmati raisi Dovran Saburov o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi protokol imzolandi.
O‘zbekiston Transport vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujjat kelajakda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish uchun zamin yaratadi.
Bugungi kunda Turkmaniston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘q. Bugun hujjat imzoladik… yaqin orada mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyati paydo bo‘ladi”, — dedi Mahkamov.