O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida o‘qish boshlanadigan sanalar e’lon qilindi.
Oliy ta’lim vazirligi rahbarining buyrug‘iga ko‘ra, o‘quv yili:
- akademik litsey o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalarining 1-bosqich talabalari uchun — 2025-yil 3-sentyabrdan boshlab;
- oliy ta’lim muassasalarining 2- va undan yuqori kurslari talabalari uchun — 2025-yil 8-sentyabrdan boshlab.
OTMlarda birinchi kurs talabalari uchun quyidagilar tashkil etiladi:
- “Kredit-modul tizimi bilan tanishish haftaligi”;
- “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari.
Ushbu haftalik davomida talabalar oliy ta’lim muassasasi faoliyati, kredit-modul tizimining mazmuni va afzalliklari bilan tanishtiriladi, shuningdek, tanlov fanlarini maqsadli tanlashga yordam beriladi.