Donald Tramp 5 dekabr kuni Vashingtondagi Kennedi nomidagi San’at markazida futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.
“2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati sport tarixidagi eng yirik va eng murakkab musobaqa bo‘ladi va Kennedi markazi uning fenomenal boshlanishiga aylanadi”, — dedi Amerika yetakchisi Oq uydagi tadbirda.
AQSH prezidenti bilan birga FIFA prezidenti Janni Infantino ham tashrif buyurdi. JCH 2026-yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Turnirda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.