Afg‘onistonda pasport olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati kengaytirildi. Bu haqda Khaama Press yozmoqda.

Pasport boshqarmasi mahkumlar, vasiysiz qolgan bolalar, shuningdek, to‘lanmagan qarzlari yoki boshqa majburiyatlari bo‘lgan shaxslarga chet elga chiqish va pasport olishni taqiqlovchi yangi qoidalarni joriy etdi.

Biometrik tizimlar va ma’lumotlar bazalari yordamida chet elga chiqishi taqiqlangan shaxslar sifatida belgilangan shaxslarga avtomatik ravishda pasport berish rad etiladi.

Nashrning yozishicha, ilgari barcha fuqarolar pasport olish huquqiga ega edi. Cheklovlar faqat ayrim jinoiy ishlarda qo‘llanilgan.