25-26-avgust kunlari Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Podshoh tashrifi doirasidagi tadbirlar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Sammit kun tartibidan siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, kimyo, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, qazib chiqarish va boshqa tarmoqlarda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashiladi. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.