O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-iyun oylarida 9 738 nafar egizak tug‘ilgan. Bu haqda Statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Eng ko‘p egizaklar Samarqand viloyatida tug‘ilgan — 1 197 nafar. Ikkinchi o‘rinda Farg‘ona viloyati — 1 172 nafar, uchinchi o‘rinda esa Qashqadaryo viloyati — 1 054 nafar.
Quyida to‘liq ro‘yxat keltirilgan:
- Qoraqalpog‘iston — 451;
- Andijon viloyati — 883;
- Buxoro viloyati — 486;
- Jizzax viloyati — 410;
- Qashqadaryo viloyati — 1 054;
- Navoiy viloyati — 233;
- Namangan viloyati — 778;
- Samarqand viloyati — 1 197;
- Surxondaryo viloyati — 856;
- Sirdaryo viloyati — 258;
- Toshkent viloyati — 686;
- Farg‘ona viloyati — 1 172;
- Xorazm viloyati — 544;
- Toshkent — 730.