O‘zbekistonda telekommunikatsiyalar sohasida tartibga solish tizimi takomillashtirilmoqda. Bu haqda prezident farmonida aytilgan.
Tegishli farmon bilan Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etilib, u har oyda kamida bir marta operator va provayderlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining muvofiqligini monitoring qilib boradi.
Agentlik moliyaviy va tashkiliy jihatdan mustaqil bo‘lib, o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish vakolatiga ega va Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
2026-yildan boshlab telekommunikatsiya sohasida faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziya berish uchun Davlat byudjetidan Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan tushumlarning 5 foizi agentlikka tushadi.