25-avgust kuni olimlar Quyoshda joriy yilning 20-iyunidan beri eng kuchli chaqnashni qayd etishdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Maksimal nurlanish Toshkent vaqti bilan soat 10:24 da qayd etilgan, chaqnash M4.6 darajasiga yetgan va zamonaviy besh balli shkala bo‘yicha to‘rtinchi toifaga kiritilgan.
Hozircha faollik markazlari Yerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishdan uzoqda, ammo yaqin sutkalarda ular sayyoraga ta’sir qilish ehtimoli sezilarli darajada oshadigan darajada siljishi mumkin.
Aniqlik kiritilishicha, plazma chiqindilarining birinchi periferik ta’siri 25-avgust kuni kechqurun Yerga ta’sir qilishi mumkin, asosiy ta’sir esa 26 avgustning ikkinchi yarmida bo‘lishi kutilmoqda.