Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

25–26-avgust kunlari Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi podshohi Abdulla II ibn al-Husayn davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Samarqandda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularda siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, sammit kun tartibidan siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, kimyo, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, qazib olish va boshqa tarmoqlarda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashiladi. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.