Toshkentda issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari oshishi kutilmoqda. Bu haqda xalq deputatlari poytaxt kengashi qarorida aytiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aholi uchun chakana tarif 15 foizga — QQSsiz Gkal uchun 121 617 so‘mdan 139 860 so‘mgacha oshadi. Yuridik shaxslar uchun tarif 40 foizga — bir Gkal uchun 244 497 so‘mdan 342 296 so‘mgacha oshiriladi.

Budjet tashkilotlari uchun tarif 18,8 foizga — bir Gkal uchun 801 963 so‘mdan 952 797 so‘mgacha oshiriladi. Bazaviy tarif 7 foizga — bir Gkal uchun 664 465 so‘mdan 711 641 so‘mgacha oshiriladi.

Qarorda yangiliklarning kuchga kirish sanasi haqida ma’lumot berilmagan. Veolia Energy Tashkent ularni 2025-yil 1-oktyabrdan oshirishni taklif qilgandi.