Toshkentda Mustaqillik bayrami arafasida bozorlarda mahsulotlar arzon narxlarda sotila boshlandi. Bu haqda hokimlik xabar bermoqda.
Ushbu peshtaxtalarda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan tashqari Belarus, Pokiston, Mo‘g‘uliston va Hindistondan keltirilgan yirik va mayda shoxli mol go‘shti, shuningdek, mamlakat hududlaridan keltirilgan meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarining keng tanlovi namoyish etilmoqda.
Go‘sht narxi 65 ming so‘mdan 90 ming so‘mgacha etib belgilangan. Ushbu tashabbus aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish va bozor narxlarini barqarorlashtirishga qaratilgan.