O‘zbekiston vaqtincha qulay ob-havoni tark etadi va issiq havo qaytadi. Bu haqda O‘zgidromet haftalik prognozida yozmoqda.

25-avgustdan O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati ko‘tarila boshlaydi va butun ish haftasi davomida 36-39 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 40 darajagacha bo‘ladi.

Shu kunlarda respublika hududi bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo ochiq, quyoshli. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi 36-39 daraja, kechasi 21-24 daraja bo‘ladi.