Markaziy bank O‘zbekistonda xorijiy valyutalarning yangilangan qiymatini taqdim etdi.

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda yevrodan tashqari deyarli barcha valyutalar ko‘tarilgan. 27-avgust kungi asosiy kurslar quyidagicha bo‘ladi:

  • AQSH dollari — 12 354,65 so‘m;
  • Yevro — 14 384,52 so‘m;
  • Rossiya rubli — 153,93 so‘m.

Markaziy bank 26-avgust uchun oltin o‘lchov quymalari narxini ham yangiladi: ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining 1 gramm oltini 1 377 650 so‘m turadi. Quyida o‘lchovli quymalarning kotirovkalari keltirilgan:

  • 5 gramm — 6 888 000 so‘m;
  • 10 gramm — 13 776 000 so‘m;
  • 20 gramm — 27 553 000 so‘m;
  • 50 gramm — 68 882 000 so‘m;
  • 100 gramm — 137 765 000 so‘m.