O‘zbekiston maktablarida yangi 2025/2026 o‘quv yili an’anaviy ravishda 2-sentyabrdan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi dars “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida — “Kelajak soati” tematik darsi shaklida bo‘lib o‘tadi.
Vazirlikning qayd etishicha, bu yil 738 mingdan ortiq birinchi sinf o‘quvchilari prezident sovg‘asiga sazovor bo‘ladi.