O‘zbekistonda adolat sun’iy intellekt yordamida ta’minlanadi. Bu haqda prezident farmonida aytilgan.

Quyidagilar sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • “Raqamli sud” konsepsiyasi doirasida qog‘oz shaklidan voz kechgan holda ishlarni yuritishni bosqichma-bosqich to‘liq elektron formatga o‘tkazish;
  • sud faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun zarur texnik infratuzilmani yaratish;
  • Oliy sudning axborot tizimlari bazasida sud hujjatlari arxivi modulini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
  • sud faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha “Kiberhuquq” sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, sudyalar va sud apparati xodimlarining raqamli savodxonligi va malakasini doimiy oshirib borish.

“Raqamli sud” konsepsiyasini amalga oshirish doirasida sudga ariza berishdan oldin sun’iy intellekt yordamida sud muhokamasining prognoz natijasi va taxminiy xarajatlar shakllantiriladi.

Bunda murojaatlar sudga elektron shaklda yuboriladi. Sud hujjatlari loyihalari avtomatik tarzda shakllantiriladi.