O‘zbekistonda 1-oktyabrdan mahallalarda “Har bir mahallada futbol maydoni” yangi dasturi joriy etiladi. Bu haqda prezident farmonida aytilgan.

Dastur doirasida mahallalardagi bo‘sh turgan davlat obyektlaridan futbol maydonlari qurish uchun foydalaniladi.

Kamida 10 yil davomida bu yerlardan faqat futbol maydonlarida foydalanish mumkin bo‘ladi. Bunda bo‘sh turgan yer uchastkalari onlayn auksion savdolariga chiqariladi.