26-avgust kuni Quyoshda so‘nggi sinfdan oldingi quvvatning yangi chaqnashi qayd etildi, bu taxminan ikki oy ichida sodir bo‘lgan eng katta chaqnashga teng. Bu haqda TASS yozmoqda.

Rentgen shkalasi bo‘yicha hodisa balli M4.52 ni tashkil etdi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, tun davomida yulduzning faolligi oshgan va “hozirgi tendensiyalarga ko‘ra, u bir sutka ichida eng yuqori X darajasini yorib o‘tishi kerak”.

Bundan tashqari, olimlarning so‘zlariga ko‘ra, faol quyosh markazlari bir sutka ichida o‘z joyini o‘zgartirgan va ularning bir qismi Quyosh — Yer chizig‘idan 50 daraja uzoqlikda joylashgan.

“Odatiy ravishda, bunday burchak siljishi hali ham xavfsiz hisoblanadi, lekin endi mutlaq emas, balki faqat ma’lum bir mustahkamlik zaxirasi bilan”, — deyiladi xabarda.