26-avgust kuni Samarqandda Iordaniya rahbarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kongress markazi binosi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Prezidenti oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiya a’zolarini qutladilar.