26-avgust kuni Toshkentning Shayxontohur va Yunusobod tumanlarida gaz qisman o‘chirildi. Bu haqda Hududgaz Poytaxt axborot xizmati xabar bermoqda.

Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda. Shu munosabat bilan soat 10:00 dan 18:00 gacha quyidagilar gazsiz qoldirildi:

  • Shayxontohur tumani: “Labzak” mahallasida 1 200 ta xususiy uy, 77 ta ko‘p qavatli uy va 39 ta ulgurji iste’molchi;
  • Yunusobod tumani: bitta ko‘p qavatli uy va ikkita ulgurji iste’molchi.

Iste’molchilardan uzr so‘raldi.