Toshkentda Paeonnis xususiy klinikasida o‘tkazilgan operatsiyadan so‘ng 9 yoshli bola vafot etdi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fojiali voqea 25-avgust kuni sodir bo‘lgan. Bola shu klinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Burun operatsiyasi (rinoplastika) dan so‘ng u vafot etdi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘lim holati yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Parkent tumanidagi shifoxonada 9 oylik qizcha vafot etgandi. Bolaning o‘limida shifokorlarning beparvoligi ayblangan. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xizmat tekshiruvi boshlanganini ma’lum qilgan.