Turkiyada 13 yoshli o‘zbekistonlik yigit singlisining yigitiga pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda NTV yozmoqda.

Hodisa 22-avgust kuni Oqsaroy shahrida yigitning uyi oldida sodir bo‘lgan. Bola va singlisining 26 yoshli yigiti o‘rtasida janjal kelib chiqib, mushtlashuvga aylangan. Shunda maktab o‘quvchisi pichoqni olib, erkakka bir necha marta zarba bergan va qochib ketgan. Jabrlanuvchi ko‘krak qafasi jarohatini olib, og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.

Qizning o‘zi shovqin-suronga yugurib chiqib, sevgilisini behush holda ko‘rib qoladi va tez yordam chaqiradi. Shifokorlar uning ahvolini og‘ir deb baholamoqda. Politsiya tergov boshladi va tez orada shahar bog‘laridan birida o‘smirni qo‘lga oldi. Ish bo‘yicha tergov boshlandi.