Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax davlat pedagogika universiteti va Qiziltepa tumanidagi tibbiyot muassasalarida xodimlarni majburiy ovoz berish holatlari kuzatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi holat yuzasidan izoh berdi.
Idora vaziyatni tezkorlik bilan o‘rganish talabi bilan taqdimnoma yubordi. Faktlar tasdiqlangan taqdirda, ko‘rsatilgan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chiqarib tashlash yoki loyiha g‘olib deb topilgan taqdirda, uni g‘oliblar ro‘yxatidan olib tashlash taklif etilmoqda.
Majburiy ovoz yig‘ishga duch kelgan fuqarolardan 1176 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan. 2025-yilgi “Tashabbusli byudjet”ning ikkinchi mavsumi doirasida ovoz berish 31-avgust kuni soat 23:59 ga qadar davom etadi.