Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni kuch ishlatar tizimlari rahbarlariga yangi unvonlar berish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarining farmoniga muvofiq:

  • O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla To‘lqinovich Yo‘ldashevga 2-darajali davlat adliya maslahatchisi maxsus unvoni;
  • O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Shuhrat G‘ayratjonovich Xolmuhamedovga general-leytenant harbiy unvoni;
  • O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Aziz Anvarovich Tashpo‘latovga general-leytenant maxsus unvoni berildi.