O‘zbekistonda qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks etgan QR-kodlarni joylashtirish majburiy etib belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Tartib qurilish obyektlarida QR-kodli pasportlarni o‘rnatish qoidalarini belgilab berdi. Buyurtmachi uni obyektga kiraverishda yoki boshqa hamma kirishi mumkin bo‘lgan joyda joylashtirishi kerak. Obyekt qurilishi boshlangandan to foydalanishga topshirilgunga qadar lavhani olib tashlash taqiqlanadi.
Pasport nam va tashqi ta’sirlarga chidamli materialdan tayyorlangan, o‘lchami 2400×1200 mm va yerdan kamida bir metr balandlikda bo‘lishi kerak.
“Shaffof qurilish” tizimida ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng avtomatik ravishda obyektning dastlabki ma’lumotlari ko‘rsatilgan QR-kod paydo bo‘ladi.