Sankt-Peterburgda etnik belgilarni aniqlay oladigan kameralar ish boshladi. Bu haqda Axborotlashtirish qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Igor Nikonov ma’lum qildi.
2025-yil mart oyida 50 mingga yaqin kameralar Kavkaz, Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo, Osiyo va Yevropa xususiyatlarini, shuningdek, negroid irqini farqlash imkonini beruvchi yangi funksiyaga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, qo‘mita vakilining so‘zlariga ko‘ra, kameralar aniq millatni aniqlay olmaydi.
Igor Nikonovning ta’kidlashicha, kameralarning bunday qobiliyati politsiyaga muhojirlar to‘planishini kuzatishga, masalan, “rezinali” kvartiralarni hisoblashga yordam beradi.
Biroq, qo‘mita vakili ta’kidlaganidek, natijalar haqida gapirishga hali erta, chunki jinoyatlarning ochilishi bo‘yicha statistika faqat yil oxirida chiqariladi. Kameralar yordamida millatlarni aniqlash 2025-yil fevral oyida muhokama qilingan edi. Tashabbus amaldorlar o‘rtasida bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.