27-avgust kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim joylarda gaz o‘chiriladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Gaz ta’minoti uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi manzillarda soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz o‘chirilishi rejalashtirilgan:

  • “Sarbon” mahallasida — 312 ta xususiy uy va 6 ta ulgurji iste’molchi.

Iste’molchilardan uzr so‘ralib, ta’mirlash ishlari muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.