30-31-avgust kunlari Toshkent shahrining barcha tumanlarida Mustaqillik bayrami munosabati bilan bayram sayillari va konsert dasturlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shahar ma’muriyati tomonidan tantanalar o‘tkaziladigan joylar taqdim etildi.
12:00 da boshlanadigan tadbirlar:
- Yunusobod tumani — “O‘zekspomarkaz” maydoni.
18:00 da boshlanadigan tadbirlar:
- Bektemir tumani — Coca Cola Garden bog‘i;
- Mirobod tumani — “Furqat” bog‘i;
- Sergeli tumani — Sergeli markaziy bulvari;
- Olmazor tumani — River park maydoni;
- Uchtepa tumani — ECO SEUL bog‘i;
- Chilonzor tumani — Dream Park (G‘afur G‘ulom bog‘i);
- Shayxontohur tumani — “Navro‘z” bog‘i;
- Yangihayot tumani — “Yangi Darxon” mahallasi 45-46 uylar oldidagi maydoncha.
19:00 da boshlanadigan tadbirlar:
- Mirzo Ulug‘bek tumani — Central Park;
- Yashnobod tumani — “Ashxobod” bog‘i;
- Yakkasaroy tumani — “Do‘stlik” bog‘i.