Bosh prokuratura Toshkentdagi klinikada vafot etgan bola bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fojiali voqea 25-avgust kuni sodir bo‘lgan. Bola shu klinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Burun operatsiyasi (rinoplastika) dan so‘ng u vafot etdi.

Bosh prokuraturaning ta’kidlashicha, aloqador shaxslarni so‘roq qilmasdan, uzoq vaqt talab qiladigan ekspertizalarni tayinlamasdan qonuniy qaror qabul qilib bo‘lmaydi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Aybdorlar 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.