AQShda o‘zbekistonlik ayolning oldiga qochib ketish uchun o‘z o‘limini soxtalashtirgan Viskonsin shtatida yashovchi 45 yoshli shaxs qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda CNN yozmoqda.

Erkak 2024-yil 12-avgust kuni xotiniga Grin-Leyk ko‘li bo‘ylab kayakda ketayotganini aytganidan keyin bedarak yo‘qolgan deb e’lon qilingan. G‘oyib bo‘lish dastlab cho‘kish ehtimoli sifatida tekshirildi. Biroq, 58 kunlik samarasiz qidiruvlardan so‘ng tergov kengaytirildi.

Yangi dalillar, jumladan, u g‘oyib bo‘lishidan uch oy oldin yangi pasport olgani tergovchilarni u o‘zbekistonlik ayol bilan uchrashish uchun o‘limni o‘ylab topgan, deb taxmin qilishga majbur qildi.

Ish materiallariga ko‘ra, 11-avgust kuni u qayiqni ag‘darib, oldindan o‘zi bilan olib kelgan rezina qayiqda qirg‘oqqa yetib kelgan va hujjatlarini ko‘lga tashlagan. Torontoga yetib borgach, u Parijga, keyin esa Osiyo mamlakatlaridan biriga uchib ketdi, shundan so‘ng Gruziyada paydo bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayol uni kutib olgan va ular bir necha kun mehmonxonada yashagan, shundan so‘ng u Gruziyada o‘rnashib qolgan.

Noyabr oyida u bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘ldik va dekabr oyida u AQShga qaytib keldi. U taslim bo‘ldi va tergovga to‘sqinlik qilishda ayblandi.

Sudya unga 89 kun qamoq jazosi tayinladi — u aynan shuncha vaqt davomida huquqni muhofaza qiluvchilarni o‘zining qayerda ekanligi haqida chalg‘itishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, u o‘zini qidirish uchun sarflagan huquq-tartibot idoralariga 30 ming dollar tovon puli to‘lashi kerak.