AQShda Ichki xavfsizlik vazirligi xorijlik jurnalistlar, talabalar va almashinuv dasturlari bo‘yicha kelayotgan shaxslarga viza berish qoidalarini o‘zgartirmoqchi. Ularning mamlakatda bo‘lishini belgilangan muddat bilan cheklamoqchi. Bu haqda TASS yozmoqda.

Amerika rasmiylarining ta’kidlashicha, o‘zgarish ko‘proq nazoratni ta’minlash va chet elliklarning Shtatlarda vaqtincha bo‘lishdagi harakatlari va rejalari haqida aniq ma’lumotlarni o‘z vaqtida olish, shu jumladan ular Amerika qonunlariga rioya qilishlarini baholash imkonini beradi.

Xorijiy jurnalistlar, talabalar va almashinuv dasturi bo‘yicha kelgan shaxslar mos ravishda I, F va J toifalariga ega bo‘ladilar. Ushbu hujjatlar mamlakatga kelish maqsadlari va shartlariga rioya qilingunga qadar AQSH hududida bo‘lish imkonini beradi. Bunday vizalarning belgilangan amal qilish muddati aksariyat hollarda mavjud emas.

Taklifga ko‘ra, chet ellik jurnalistlar AQShga 240 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga ishlash uchun kirishlari, keyin esa zarurat tug‘ilganda uni uzaytirishlari mumkin bo‘ladi. Xitoy fuqarolari uchun muddatni 90 kun bilan cheklash taklif qilinmoqda.

Chet ellik talabalar va ayirboshlash bo‘yicha kelgan shaxslar mamlakatda o‘qish muddati yoki ayirboshlash dasturi davomiyligi davomida, biroq to‘rt yildan ortiq bo‘lmagan muddatda bo‘lishlari mumkin.