28-avgust kuni O‘zbekistonning doimiy aholisi 38 mln kishidan oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada 18 863 202 nafar ayol va 19 136 803 nafar erkak istiqomat qiladi.

Qayd etilishicha, 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 37 859 795 kishini tashkil etgan.