O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSH prezidentining global hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi ta’lim va madaniyat sohalaridan tortib innovatsiyalar va biznesgacha bo‘lgan aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi. Xalqlarni yanada yaqinlashtirish uchun hali ishga solinmagan ulkan salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.
Muloqotlarimiz davomida mintaqaviy va global ahamiyatga ega bir qator masalalarga ham to‘xtaldik — yanada farovon kelajak uchun hamkorlikda ishlash bo‘yicha umumiy qarashlarimizni bildirdik, deb yozdi Saidov.