Farg‘ona viloyatida Qirg‘izistondan zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirishga urinishning oldi olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari Farg‘ona tumanida yashovchi ikki nafar fuqaroni qo‘lga oldi. Ulardan Qirg‘izistondan davlat chegarasi orqali noqonuniy olib kirilgan 19 kg 119 gr og‘irlikdagi tilla taqinchoqlar musodara qilingan.

Olib qo‘yilgan taqinchoqlarning qiymati taxminan 20 mlrd so‘mni tashkil etadi. Mahsulotlar ekspertizaga yuborilgan, jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.