Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida o‘zbekistonlik ishchi “Артемовский рудник” konida tog‘ massivi ostida qolib, halok bo‘ldi. Bu haqda prokuraturaga tayanib, TASS xabar berdi.
30 yoshli O‘zbekiston fuqarosi keyinchalik ularni shaxtada mustahkamlash uchun tog‘ jinslarini burg‘ulash ishlarini olib borgan. Bu vaqtda tog‘ massasining qulashi sodir bo‘ldi. Xodim vayronalar ostida qolib, olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Aniqlik kiritilishicha, baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan paytda 48 kishi bo‘lgan kon odatdagidek ishlayotgan bo‘lgan. Kon qimmatbaho metallar qazib olish bilan shug‘ullanadi.