28-avgust kuni UzCard tizimi kartalarida nosozlik yuzaga keldi. Kompaniya sabablarga oydinlik kiritdi.

Kompaniya matbuot xizmati tizimdagi nosozlik rejadan tashqari profilaktika ishlari bilan izohladi. Shu munosabat bilan ishda vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin:

  • bankomatlar (ATM);
  • E-POS va POS terminallar;
  • xalqaro bank kartalari;
  • chet elda kobeydjing kartalari.

Shuningdek, UZCARD saytida ham nosozlik kuzatilmoqda.

“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va mutaxassislarimiz allaqachon nosozliklarni bartaraf etish va tizimning barqaror ishlashini tiklash ustida ish olib borayotganini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.