Sentyabr oyining birinchi o‘n kunligida asosan kam bulutli va quruq ob-havo, qulay harorat foni bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Kechasi va erta tongda harorat 15-20o iliq bo‘lganda salqin havo seziladi, kunduzi esa quyosh nurlari havoni 30-35o issiqqacha, ayrim kunlarda 37o issiqqacha isitadi.
Keyinchalik sentyabr oyining oxirigacha harorat kechalari 15-20o iliqdan 8-13o iliqqacha, kunduz kunlari 30-35o iliqdan 20-25o iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Sentyabr oyining o‘rtacha oylik harorati me’yordan 1-1,5o yuqori bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Oyning ikkinchi yarmida ba’zi kunlarda (1-2 kun) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.