29-avgustda kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39°.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 37-39°. Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-33° bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyi salqin bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shu bilan birga, sentyabr oyida o‘rtacha oylik harorat me’yordan taxminan 1-1,5 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda.