29-avgustda kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha bulutsiz va issiq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati 36-39o, cho‘l hududlarda va respublika janubida ba’zi joylarda 41o gacha bo‘ladi.
Ertaga respublika hududiga shimoli-g‘arbdan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi boshlanadi.
Havo harorati asta-sekin pasayib, 30-avgustda 31-36o, 31-avgustda va 1-sentyabrda 28-33o atrofida bo‘ladi.
Eng sezilarli salqinlik tungi va ertalabki soatlarda seziladi, 1-sentyabrga kelib tungi harorat 13-16o gacha pasayadi.
Shu kunlarda respublika bo‘yicha bulutsiz va quruq ob-havo saqlanib turadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 30-31 avgust va 1 sentyabrda ba’zi joylarda shamol tezligi 20-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo ochiq. Sharqiy shamol shimoli-g‘arbga o‘zgarib, 3-8 m/s tezlikda esmoqda. 30-31 avgust kunlari ba’zi joylarda chang ko‘tarilib, shamol tezligi 10-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bugun kunduzi havo harorati 37-39o, shanba kuni 34-36o, yakshanba va dushanba kunlari 30-32o bo‘ladi. Tunda havo harorati asta-sekin pasayib, 13-15o gacha tushadi.