Valid Fuk Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi bo‘ldi. Bu haqda diplomatik vakolatxona saytida xabar berildi.
U 2025-yil 27-avgustdan elchi lavozimiga kirishgan. U ikkinchi darajali davlat xizmatchisi. Ilgari u Fransiyaning Pekindagi elchixonasida siyosiy maslahatchi, keyin Nyu-Yorkdagi Fransiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasida ishlagan, shundan so‘ng u Markaziy ma’muriyatga Osiyo va Okeaniya boshqarmasining Uzoq Sharq bo‘yicha direktori sifatida qaytgan.
Shundan so‘ng Valid Fuk Fransiya prezidenti ma’muriyatiga Osiyo, Okeaniya va Amerika bo‘yicha maslahatchi etib tayinlandi.