Toshkentda pullik avtoturargohlar vaqtincha bepul bo‘ladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.
Shahar hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, 31-avgust va 1-sentyabr kunlari Mustaqillik bayrami nishonlanishi munosabati bilan poytaxtdagi barcha pullik avtoturargohlar bepul ishlaydi.
Qayd etilishicha, hech qanday to‘lov va jarimalar qo‘llanilmaydi.