Toshkentning Uchtepa tumanida erkak uch nafar farzandining ta’minoti uchun oldindan 150 ming dollar aliment to‘lagan. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sud fuqaroni bolalarni boqish uchun daromadning uchdan bir qismini to‘lashga majbur qildi. O‘tkazilgan ijro harakatlari davomida qarzdor ariza bilan murojaat qilib, bolalar voyaga yetgunga qadar bo‘lgan butun davr uchun aliment miqdorini hisoblab berishni so‘ragan.

Aliment miqdori 2025-yil 1-iyuldan 2040-yil 2-fevralgacha bo‘lgan davr uchun hisoblangan va jami 1 mlrd 847 mln so‘mni tashkil etgan. 29 avgust kuni fuqaro 150 ming AQSH dollari miqdorida aliment to‘lovini amalga oshirib, ijro ishi yakunlangan.